AMALIY ISH
10.3. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1-topshiriq. Quyidagi QR-kodni diqqat bilan kuzating va quyida berilgan ma’lumotlar orasidan leykotsitlarga mos xususiyatlarni raqamlarda ifodalang .

1.Leykotsitlar oq qon tanachalari — odam va hayvonlar qonidagi rangsiz hujayralar; qonning yadroli shaklli elementlari.
2.Yadrosining shakli bir xil, shunga koʻra, tayoqcha yadroli, segment yadroli va monotsitlarga ajrati-ladi.
3.Leykotsitlar suyak koʻmigi, limfa tugunlari va taloqda hosil boʻladi.
4. Donali Leykotsitlar va donasiz Leykotsitlar farq qilinadi.
5.Qonni tekshirganda leykotsitlarning boʻyalish xususiyatiga qarab, ularni eozinofillar bazofillar va neytrofillarga boʻlinadi.
6.Leykotsitlar qon tomir oʻzanidan chiqib hujayralararo boʻshlikda oʻzicha harakat qila olmaydi.
7.Ular organizmning yot jismlar kirgan joyiga yetib kelib, mikroorganizmga yaqinlashgach, soxta oyoqlar chiqarib, uni hamma tomondan oʻrab oladi va yutib yuboradi.
2-topshiriq. Quyidagi berilgan 1, 2, 3-rasmlarga ta’rif bering.
1-rasm :

3-topshiriq. Matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni nuqtalar o‘rniga qo‘ying.
1………….. — hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan taʼsirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya boʻlib, nasldan naslga oʻtmaydi. Orttirilgan immunitet 2…….. va sunʼiy boʻladi. Tabiiy immunitet oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi:
3………. — yuqumli kasallikdan sogʻaygandan soʻng yuzaga keladi;
4………. — onadan bolaga yoʻldosh va 5…… orqali oʻtadi.
Sunʼiy immunitet ham ikki xil boʻladi:
6…….. vaksinalar bilan emlaganda hosil boʻladi;
7…….. — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan soʻng yuzaga keladi. Orttirilgan immunitetmikrobga qarshi(antibakterial immunitet) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik immunitet) vujudga keladi.
4-topshiriq: Quyida rasmi keltirilgan inson kim va bu insonning
“Leykotsitlar, immunitet” mavzusi bilan aloqadorlik tomoni nima?
Guruhlarda muhokama qilib, javobingizni izohlang?

5-TOPSHIRIQ: Yangi mаvzu yuzаsidаn kоmаndаlаr o‘rtаsidа sаvоl-jаvоb, o‘quv bаhsi uyushtirish.
1. Leykotsitlar nima va ularning asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Leykotsitlar qaysi ikki katta guruhga bo‘linadi?
3. Granulositlarga kiruvchi uchta leyotsit turini sanang.
4. Neytrofillarning organizmdagi vazifasi nimadan iborat?
5. Limfotsitlarning T va B turlari o‘zaro qanday farqlanadi?
6. Monotsitlar qaysi hujayralarga aylanish xususiyatiga ega?
7. Eozinofillar asosan qaysi holatlarda ko‘payadi?
8. Organizmga virus kirganda asosan qaysi leykotsit turi faol bo‘ladi?
9. Leykotsitlar soni oshishi (leykositoz) nimani anglatadi?
10. Immunitetni shakllantirishda xotira hujayralari qanday rol o‘ynaydi?

