AMALIY ISH
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1-topshiriq. Quyidagi havola orqali https://youtu.be/Yrkg Lheqzoo? si=MmKdvXPut2rSnGCP videoni ko`ring va daftaringizga chizing.


3-topshiriq. QR-kodli topshiriq. Videodan foydalanib, organizmlarning nerv
va gumoral boshqarilishi to’g’risidagi qiyosiy jadvalni to’ldiring.

Organizmlarning nerv va gumoral boshqarilishi to’g’risidagi qiyosiy jadval

4-topshiriq Quyidagi KEYS topshiriqlarini bajaring.
Markaziy nerv tizimi – orqa miya shikastlanishi

Holat:
25 yoshli erkak avtohalokatdan so‘ng bel qismida orqa miya jarohati olgan. Tana pastki qismida sezish yo‘qolgan, harakatlanish cheklangan. Orqa miyada nerv yo‘llarining qaysidir segmenti uzilgan bo‘lishi mumkin.
Savollar:
1. Orqa miya shikastida reflekslar qanday o‘zgaradi?
2. Tushuvchi va ko‘tariluvchi nerv yo‘llarining uzilishi qanday simptom beradi?
3. Qaysi segment shikastlanganligini qanday aniqlash mumkin?
4. Nevronlarning tiklanish imkoniyati markaziy tizimda nega cheklangan?
5-topshiriq.Quyidagi “Bosh miya po‘stlog‘i faoliyati – Nutq markazi shikastlanishi “mavzusidagi KEYS topshirig’ini bajaring.
Holat:
Talaba yo‘l transport hodisasidan so‘ng hushyor, ammo gapira olmayapti, fikrni ifodalash qiyin. Ammo aytilgan gaplarni yaxshi tushunadi. Shifokor Broka markazi shikastlanishidan gumon qilmoqda.


Savollar
1. Broka markazi qaysi yarim sharda, qaysi funksiyani boshqaradi?
2. Motor afaziyaning asosiy belgilari qanday?
3. Nega bemor gapni tushunadi, lekin aytolmaydi?
4. Reabilitatsiyada qanday neyroplastiklik mashqlari qo‘llanadi?

