AMALIY ISH
6.3 Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1- topshiriq. QR-kodli topshiriq. Videodan foydalanib nerv sistemasini modellashtiring. (Odam nerv sistemasining tuzilishini berilgan rangli plastilinlardan foydalanib yasang)
📌 QR-kod orqali video:

2-topshiriq. Quyidagi havola orqali videoni kuzating va
jadvalni to’ldiring

3-topshiriq. 1-KEYS. Laboratoriyada issiq probirkaga qo‘l tegib ketishi
Vaziyat
Biologiya laboratoriya mashg‘ulotida talaba tasodifan issiq probirkaga qo‘li bilan tegib oladi. U darhol qo‘lini tortib oladi va hatto orqaga bir qadam tashlaydi. Talaba bu harakatni ongli ravishda nazorat qilmagan.


Savol:
Bu qaysi refleks turi? Qaysi nerv markazi ishlaydi va refleks yoyini izohlang.
4- topshiriq 2-KEYS. Limonni ko‘rmasdan tasavvur qilganda og‘iz suvi kelishi
Vaziyat
Talaba shirinliklar haqida gaplashayotganda limonning nordon ta’mini eslaydi. Natijada og‘iz suvi ajraladi, lekin real limon yo‘q.


Savol:
Bu qanday refleks? Qanday shakllangan?
5-topshiriq Quyidagi savollarga javob yozing
1. Shartsiz va shartli reflekslarning o‘xshash jihatlarini ayting.
2. Shartsiz va shartli reflekslarning farqli jihatlarini izohlang.
3. Shartli refleksni hosil qilsh uchun qanday shart-sharoitlar zarur?
4. Shartli reflekslarning hosil bo‘lish mexanizmini tushuntiring.

