5.7-mavzu

5.7.-Umurtqasiz-hayvonlarning-xilma-xilligi 5.7-Umurtqasiz-Hayvonlarning-Xilma-xilligi 5.7

AMALIY ISH

5.7 Mustaqil ish

1-topshiriq Quyidagi havola orqali videoni  – diqqat  bilan kuzating va modellashtiring

 2-topshiriq Quyidagi havola orqali videoni 

Quyidagi havola orqali videoni  diqqat  bilan kuzating va savollarga  javob  yozing .

Savollar

1.Umurtqasiz hayvonlar deganda nima tushuniladi va ularning asosiy umumiy belgisi nima?

2. Umurtqasiz hayvonlar hayvonot olamining katta qismini tashkil etishining asosiy sabablari nimalardan iborat?

3. Videoda keltirilgan umurtqasiz hayvonlar guruhlarini sanab bering.

4. Bo‘g‘imoyoqlilar nima sababdan umurtqasiz hayvonlarning eng yirik guruhi hisoblanadi?

5.Umurtqasiz hayvonlarda tashqi skelet (ekzoskelet) qanday vazifalarni bajaradi?

6.Umurtqasiz hayvonlarning suv muhitiga moslashishiga misollar keltiring.

7. Umurtqasiz hayvonlarning tabiatdagi ekologik ahamiyati nimadan iborat?

8. Chuvalchanglarning tuproq unumdorligiga ta’siri qanday?

9. Umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlar o‘rtasidagi asosiy farqlarni tushuntiring.

10.Nima uchun umurtqasiz hayvonlarni o‘rganish biologiya fanida muhim hisoblanadi?

3-topshiriq. Har bir umurtqasiz organizmlarni o‘z o‘rniga joylashtiring.

­­­­­­1) _________ tuban tuzilgan, kop hujayrali hayvonlardir. Ular dengiz va chuchuk suv havzalarida suv tubiga yopishib o’troq hayot kechiradi.

Ularning tanasi devori tashqi – ektoderma va ichki – endoderma qavatlaridan tuzilgan.

 2)____________tipiga kiruvchi hayvonlarning tanasi radial simmetriyaga ega. Ularda to’qima va organlar rivolanmagan. Tanasi ikki qavat bo lib joylashgan hujayralardan iborat. Tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deyiladi

3)_____________gavdasi ko’p sonli halgalardan tashkil topgan hayvonlar. Ularda gon aylanish sistemasi rivolangan. Suvda erkin harakat qilib hayot kechiradigan ko’p tukli halqalilarning har bir bo’g’imida bir juftdan harakat organi – parapodiylar rivolangan. Tuproqda yashaydigan turlarida esa parapodiylar qisqarib ketgan, ularning o’rnida qilchalar saqlanib qolgan.

­­­­4)____________ikki millionga yaqin turi ma’lum. Ularning tanasi oyo qlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tanasi bosh, ko’krak, qorin qismlaridan iborat.

Gavdasi xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni himoya qilish va tashqi tayanch-skelet vazifasini bajaradi.

5)_____________tanasi boshko’krak va qismlaridan iborat. To’rt juft oyoqlari boshko’krakda joylashgan. Boshko’krakning ustki tomonida to’rt juft oddiy ko’zchalari joylashgan. Ularning og’iz organlari bir juftdan xelitseralar va pedipalpalardan iborat. Xelitserasi uchi tirnoqqa o’tkirlashgan bo’lib, o’ljasi terisini teshish uchun xizmat qiladi.

5-topshiriq: Hasharotlarning xilma-xilligini kuzating, modellashtiring