8.1-mavzu

8.1.-ODAMNING-NAFAS-SISTEMASI 8.1-Odamning-Nafas-Sistemasi 8.1

AMALIY  ISH

8.1.Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.

1-topshiriq Quyida berilgan QR-kodni diqqat bilan ko‘zdan kechiring va undagi topshiriqlar asosida javoblarni tayyorlang.

2-topshiriq. Nafas  olish sistemasiga xos organlarni o’z o’rniga  joylashtiring.

______havoni tozalaydi, isitadi va namlaydi, hid bilishga yordam beradi.

______burundan kelgan havoni tomoq tomon o‘tkazadi va ovqatning noto‘g‘ri yo‘lga tushmasligini ta’minlaydi.

______havoni bronxlarga yetkazadi, halqasimon tuzilmalar havo yo‘lini ochiq ushlab turadi, shilliq qavat changni ushlab qaytaradi.

______bronxlarning ingichka tarmoqlari bo‘lib, havoni alveolalargacha yetkazadi.

______nafas olishning asosiy organi, gaz almashuvini amalga oshiradi, o‘ng o‘pka uch bo‘lakdan, chap o‘pka ikki bo‘lakdan iborat.

______o‘pkaning eng mayda havo pufakchalari, aynan shu yerda kislorod qonga o‘tadi va karbonat angidrid tashqariga chiqadi.

______nafas olishning asosiy mushagi, pastga tushganda havo kiradi, yuqoriga ko‘tarilganda havo chiqadi.

3-topshiriq. Quyida keltirilgan kasalliklarni to’g’ri toping va kasallik haqida malumot bering.

4-topshiriq.Berilgan jadval asosida topshiriqni bajaring.