https://youtu.be/MbU50Ut6kxs?si=CW5UCRJORR9SY-Hv
AMALIY MASHG’ULOT
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1-topshiriq.
Qon yo‘li xaritasi: Aortaning ko‘krak qismi (aorta thoracica) orqali qaysi organ va anatomik tuzilmalar arterial qon bilan ta’minlanadi?

2-topshiriq.
Qon yo‘li xaritasi: Aortaning bel qismi (aorta abdominalis) tarmoqlari orqali qaysi organ va anatomik tuzilmalar arterial qon bilan ta’minlanadi?

3-topshiriq Videoni diqqat bilan tomosha qiling. Video materiallari asosida qon aylanish jarayonini izchil va aniq tarzda tasvirlab bering.

4-TOPSHIRIQ
O’quvchilarga yurak rasmi chizilgan plakat, ingichka shlanglar, shprist, rangli suv beriladi ular shu videoda: https://youtube.com/watch?v=b20Jgm6u6-U&si=rVnDkfZHUIJz4SVA ko’rsatilgandek ushbu materiallardan foydalanib qon aylanish jarayonini aks ettiruvchi maket tayyorlaydilar.

5-TOPSHIRIQ
“O‘rnini top” didaktik o‘yini tashkil etiladi: doskaga yurakning yirik sxematik tasviri tushirilgan plakat ilib qo‘yiladi. O‘quvchilarga yurakning quyidagi anatomik tuzilmalari nomlari yozilgan yopishqoq kartochkalar tarqatiladi: o‘ng va chap bo‘lmachalar, o‘ng va chap qorinchalar, yuqori va pastki kovak venalar, aorta, chap o‘pka arteriyasi, o‘ng o‘pka venalari, ikki tavaqali (mitral) klapan, uch tavaqali (trikuspid) klapan hamda yarim oysimon klapanlar. O‘quvchilar navbat bilan doskaga chiqib, kartochkada ko‘rsatilgan yurak tuzilmasining anatomik jihatdan to‘g‘ri joylashuvini aniqlab, plakatga joylashtiradilar.


