AMALIY ISH
8.2.Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1-TOPSHIRIQ. Quyidagi “ BIOLOGIK DIKTANT”ni bajaring .
Nafas olish jarayoni organizmga ____ kirishi va ____ chiqishi bilan bog‘liq. Nafas olish yo‘llarining birinchi bosqichi ____ hisoblanadi. Burun bo‘shlig‘ida havo ____, ____ va ____ . Burundan keyin havo ____ orqali tomoq bo‘limiga o‘tadi. Tomoqda ovoz hosil qiluvchi tuzilma ____ deb ataladi. Nafas nayi ilmiy tilda ____ deb yuritiladi. Traxeya ikkita asosiy tarmoqqa bo‘linadi, ular ____ nomi bilan ataladi. Eng mayda havo yo‘llari ____ deb ataladi. Gaz almashinuvi sodir bo‘ladigan mayda havo pufakchalari ____ deyiladi. Alveolalarda ____ qonga o‘tadi, ____ esa tashqariga chiqariladi. O‘ng o‘pka ____ bo‘lakdan, chap o‘pka esa ____ bo‘lakdan iborat. O‘pkaga havo kirishini ta’minlaydigan asosiy mushak ____ hisoblanadi. Nafas olish jarayoni asosan ____ va ____ mushaklari yordamida amalga oshadi. Nafas olish markazi miya poyi bo‘limi bo‘lgan ____ da joylashgan. Qondagi ____ miqdori ortsa, nafas olish tezligi kuchayadi.
2-topshiriq. Quyidagi rasmda berilgan raqamlarga mos keluvchi organlar nomlarini yozing

3-topshiriq.Quyida berilgan havola orqali videoni kuzatib nafas olish organlarini o’z o’rniga joylashtiring
4-topshiriq.QR kodni skaner qiling va berilgan topshiriqni bajaring.


